Abdurashid Jo‘raboyev rahbarlik qilayotgan bosh vazir kotibiyatiga sobiq axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sadikov o‘rinbosar bo‘ldi. 2021 yil noyabrda u Telegram va boshqa internet tarmoqlarining O‘zbekistondagi faoliyati cheklangani ortidan lavozimidan ozod etilgandi.
Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyevning aytishicha, 2022 yil qishloq xo‘jaligi xodimlari uchun haqiqiy sinov yili bo‘ldi. Biroq shunday og‘ir yilda ham barcha tarmoqlarda yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi. 22 mln tonnadan ortiq meva-sabzavot, 2,7 mln tonna go‘sht, 3,5 mln tonna paxta olishga erishildi, dedi u.
Ofshor kompaniyalar xizmatidan foydalanish bo‘yicha «Pandora arxivi»da bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzakovning rafiqasi Nodira Umurzakova va qaynotasi Marlen Azizovning ham nomlari borligi ma’lum bo‘ldi. ITSVning bildirishicha, Azizov 1990-yillarning boshidan buyon biznes bilan shug‘ullangan, Umurzoqova esa hech qachon xorijda hech qanday aktiv yoki mulkka egalik qilmagan yoki benefitsiar bo‘lmagan.
Bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov tadbirkor va eksportchilarni sust qo‘llab-quvvatlayotgan rahbarlarni tanqid qildi. 12 ta hududdagi tuman va shaharlar hokimlarining 31 nafar o‘rinbosari, «O‘zto‘qimachiliksanoat» va «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmalarining tarmoq rahbarlari intizomiy javobgarlikka tortildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting